Suriyadan qochgan Bayirbujak turkmanlari Turkiya himoyasida...

Turkiya Suriyadagi urushdan qochib kelgan Bayirbujak turkmanlariga yordam qo'lini uzatdi.

420526
Suriyadan qochgan Bayirbujak turkmanlari Turkiya himoyasida...


Suriyada urushdan qochgan Bayirbujak turkmanlari Turkiya chegarasiga keldi.
Bunga e’tiborsiz qolmagan Turkiya ularga darhol yordam qo’lini uzatdi.
Hatayning Yayladag’i tumanida turkman vakillar bilan uchrashgan Hatay xokimi Erjan Topaja mavzuga doir izoh bildirdi.
Xokim:“1500 atrofida turkman qardoshlarimiz chegaramizga yetib keldi. Qish kirib kelyabdi. Zudlik bilan chodir, adeyal kabi zarur ashyolarni ta’minlashga harakat qilyabmiz. Chodirlar tayyor”-dedi.
Shuningdek, turkmanlarga adeyal va issiq ovqat tarqatilganini bildirdi.
Chegaraga keladigan turkmanlar soni ortishi mumkinligini tilga olgan xokim Erjan Topaja hukumatning buyrug’i bilan Turk Qizil yarim oy jamiyati va Tabiiy ofatlar va favqulodda holatlar boshqarmasi bilan barcha davlat idoralari zarur ehtiyojlarini ta’minlash uchun safarbar bo’lganini bildirdi.
Notinch hududda jami 15 nafar turkman qishlog’i joylashganini ma’lum qilgan xokim, “Jami 30-35 ming aholi mavjud. Lekin, aniq raqam aytish qiyin. Bulardan qanchasining chegaramizga kelishini tahmin qilishga harakat qilyabmiz. Va bunga qarab turib tayyorgarlik ko’ramiz. Necha kishi kelishidan qat’iy nazar barchasini qabul qilamiz. Hukumatimiz shunday buyruq berdi. Moddiy jihatdan qiyinchilik yo’q”-dedi.
Uning aytishicha, ikki kun ichida turkman hududidan 17 yarador keltirilgan va shifoxonalarga yotkizilgan.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar