Yunoniston Bosh vaziri Chipras Turkiyaga tashrif buyurmoqda

Yunoniston Bosh vaziri Aleksis Chipras Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an tomonidan qabul qilinadi.

417887
Yunoniston Bosh vaziri Chipras Turkiyaga tashrif buyurmoqda

Yunoniston Bosh vaziri Aleksis Chipras bugunTurkiyaga tashrif buyuradi.
Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’luning taklifiga binoan 17 noyabr kuni Turkiyaga tashrif buyuradigan Chipras dastlab Fener Rum patrigi Bartholomeos bilan uchrashadi.
Chorshanba kuni esa, Ankarada Bosh vazir Ahmet Davutog’lu bilan uchrashishi va Prezident R.T.Erdog’an tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.
Bo’lib o’tadigan uchrashuvlarda Yunoniston bilan Turkiya o’rtasidagi o’zaro aloqalar, qochqinlar masalasi va boshqa mintaqaviy va xalqaro o’zgarishlar muhokama qilinadi.
Yunoniston Bosh vaziri Aleksis Chiprasning Ankaraga tashrifi chog’ida, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lishini qo’llab quvvatlashi kutilmoqda.
Bundan tashqari, qochqinlar masalasi, noqonuniy muhojirlarni qaydga olish jarayonining Turkiya chegaralari ichida amalga oshirilishi kabi fikrlarini takror tilga olishi kutilmoqda.
Chipras Turkiyaga tashrifi oldidan, Yunoniston Tashqi ishlar vazirligida bo’ldi va Tashqi ishlar vaziri Nikos Kotzias Bosh vazir Chiprasga tashqi siyosiy masalalar haqida ma’lumot berdi.
Qolaversa, uchrashuvlarda noqonuniy qo’chmanchilikka qarshi kurash doirasida, Egey dengizida hamkorlikda nazoratni kuchaytirish masalasi ko’zdan kechiriladi.
Turkiya va Yunoniston Bosh vazirlari ertaga Istanbulda bo’lib o’tadigan Turkiya-Yunoniston milliy futbol terma jamoalari o’rtasida bo’lib o’tadigan do’stlik matchini birgalikda tomosha qiladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar