Amerikada yashagan turklar Fransiya xalqiga hamdardlik bildirdi

Amerikada yashagan turklar Parijdagi terror hujumida halok bo’lgan insonlar hotirasi uchun qurbonlarning oila-a’zolariga hamdartlik bildirdi.

417224
Amerikada yashagan turklar Fransiya xalqiga hamdardlik bildirdi

Amerikada yashagan turklar Parijdagi terror hujumini qoraladi.
Amerika Qo’shma Shtatlarida faoliyat ko’rsatgan Turk-Amerika milliy maslahatchilik komiteti rahbarlari mamlakatda faoliyat ko’rsatgan 150 tashkilot nomidan bildiruv e’lon qildi.
Bildiruvda, Parijdagi terror hujumida halok bo’lgan insonlar hotirasi uchun qurbonlarning oila-a’zolariga hamdardlik bildirildi.
Bildiruvda, “Kamida 129 insonning hayotiga zomin bo’lgan qonli terror hujumini qoralaymiz. Qurbonlarning oilasi va yaqinlariga taziya izhor qilamiz. Yaradorlarga Ollohdan shifo tilaymiz”-degan ifodalar o’rin oldi.
Ona vatani Turkiya hamda Amerikada PKK, ASALA va DAISh terror tashkilotlarining qonli hujumlariga duch kelgan amerikalik turklar fransuz xalqini terror illatiga qarshi bir yoqadan bosh chiqarishga chaqirdi.
Qolaversa, Parijdagi terror hujumidan oldin Bayrutdagi qonli portlashda 40, Ankaradagi portlashda esa, 102 inson halok bo’lgani eslatildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar