Terror tashkilotidan qochgan 11 terrorist taslim bo'ldi

Harbiy Bosh shtab rahbariyatining internet saytida ma’lum qilinishicha, Shirnakda 10 terrorist, Hakkarida esa, 1 terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim bo’lgan.

414787
Terror tashkilotidan qochgan 11 terrorist taslim bo'ldi

Iroq shimolidagi terror tashkiloti lagerlaridan qochgan 11 terrorist Turkiya xavfsizlik kuchlariga taslim bo’ldi.
Harbiy Bosh shtab rahbariyatining internet saytida ma’lum qilinishicha, Shirnakda 10 terrorist, Hakkarida esa, 1 terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim bo’lgan.
Kilisning Elbeyli tumanida Suriyadan noqonuniy yo’llar bilan Turkiyaga o’tishga uringan terror tashkiloti DAIShga a’zo chet ellik bir terroristning qo’lga tushgani aytilmoqda.
Diyarbakir va Bingo’l viloyatlaridagi operatsiyalar paytida, terroristlarga tegishli okoplarda ko’plab qurol-aslaha va oq-dori topildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar