Saylov natijalari, ertaga, rasmiy olaroq e’lon qilinadi

Bu haqida Oliy saylov kengashi ma'lumot tarqatdi.

415303
Saylov natijalari, ertaga, rasmiy olaroq e’lon qilinadi

Oliy saylov kengashi, 1-noyabr kuni bo’lib o’tgan saylov natijalarini ertaga, tush vaqtigacha e’lon qilajagini aytdi.

Oliy saylov kengashi saylov natijasini rasmiy olaroq e’lon qilganidan 5 kun o’tgach, Turkiya Buyuk Millat Majlisida yangi davr boshlaydi.

Majlis yig’ilgan kuni vaqtinchalik hukumatning vazifasi ham o’z nihoyasiga yetadi.

Yalpi majlisda, Prezidentning, mavjud hukumatning o’rniga yangi hukumat kelganiga qadar, mavjud hukumatning o’z vazifasini davom ettirishi haqidagi rasmiy maktubi o’qib eshittiriladi.

Prezident Erdog’an, Bosh vazir Davuto’g’liga yangi hukumatni tuzish vazifasini topshiradi.

Deputatlar qasam ichgach, Majlisga rais tayin qilish jarayoni boshlaydi.

Birinchi 5 kun ichida Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi va Ijroiya kengashi uchun nomzodlik murojaati qabul qilinadi, ikinchi 5 kun ichida esa bu bo’yicha saylov o’tkaziladi.

Majlisga raislik qilish uchun nomzodlarning murojaati 21-noyabr shanba kuni, oqshom vaqtigacha davom etadi.

23-noyabr dushanba kuni esa yangi Majlis raisining saylanishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar