Turkiyada milliy birdamlik va qardoshlik loyihasi...

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an aytganidek, “Kelgusidagi yangi davr tortishuv davri emas, balki natija olish davridir”

365141
Turkiyada milliy birdamlik va qardoshlik loyihasi...

Turkiyada milliy birdamlik va qardoshlik loyihasi bo’yicha yangi faoliyatlar yo’lga qo’yilmoqda.
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an aytganidek, “Kelgusidagi yangi davr tortishuv davri emas, balki natija olish davridir”
Kelgusi kunlarda 64-hukumatning tashkil topishi bilan loyihalar birma-bir hayotga tadbiq etiladi.
Bunga doir faoliyatlar Ak partiya tomonidan tuzilgan Inson huquqlari rahbariyati tomonidan yuritiladi.
Ak partiya bosh rahbar o’rinbosari Ayhan Sefer Ustun rahbarligida 2010 yildan e’tiboran tuzilgan alaviy jamiyati haqidagi hisobotlar ustida faoliyatlar boshlandi.
Ba’zi gazetalarda chop etilgan xabarlarga ko’ra, an’anaviy o’quv markazlari va jamoat uylariga huquqiy mavqe beriladi.
Universitetlarda tadqiqot va amaliyot markazlari tashkil qilinadi.
Ta’lim sistemasida ham bir qator yangi metodlar ishlab chiqiladi.
Kurd millatiga mansub fuqarolarga doir yangi tashabbuslar hamda sharqiy va janubi sharqiy mintaqalarga investitsiya faoliyatlari to’xtovsiz davom etadi. Bu doirada Silvan va İlisu suv ombori qurib bitkaziladi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar