Obama R.T.Erdog’anni saylovdagi g'alabasi bilan tabrikladi

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Barack Obama Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anga qo’ng’iroq qilib, saylovdagi g’alabasi munosabati bilan tabrikladi.

414251
Obama R.T.Erdog’anni saylovdagi g'alabasi bilan tabrikladi

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Barack Obama Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anga qo’ng’iroq qilib, saylovdagi g’alabasi munosabati bilan tabrikladi.
Prezidentlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, Obama 1 noyabr kungi saylovdagi ijobiy natija munosabati bilan turk xalqini muborakbod etgan.
Ayni paytda, dolzarb masala qatorida Suriyadagi o’zgarishlar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Suriyadagi muholifatni yanada kuchaytirishga doir mushtarak say-harakatlarni oshirish va DAISh terror tashkilotiga qarshi kurashni kuchaytirishning ahamiyatiga to’xtalib o’tildi.
Erdog’an bilan Obama terror tashkiloti PKKning hujumlariga yakun yasash kerakligi bo’yicha fikr almashdi.
Obama Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’luga ham qo’ng’iroq qilib, saylovdagi g’alabasi bilan tabrikladi.
Mazkur suhbat chog’ida, Obama bilan Davutog’lu Suriya va boshqa mintaqaviy masalalarni muhokama qildi.
Obama DAISh terror tashkilotiga qarshi kurash va boshqa mintaqaviy muammolarni hal qilish bo’yicha Turkiya bilan hamkorlikda ish olib borish fikrini ifoda etdi.
Barack Obama Antaliyada bo’lib o’tadigan G-20 sammiti chog’ida ushbu mavzularda Davutog’lu bilan yuzma-yuz fikr almashishdan umidvorligini tilga oldi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar