Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu rahbariyatida xavfsizlik yig'ilishi

Yig’ilishning kun tartibida terror tashkilotlariga qarshi operatsiyalar va 1- noyabr saylovlari bor edi.

410972
Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu rahbariyatida xavfsizlik yig'ilishi

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu rahbariyatida Chankaya ko’shkida xavfsizlik yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Yig’ilishning kun tartibida terror tashkilotlariga qarshi operatsiyalar va 1- noyabr saylovlari bor edi.
Saylovdan so’ngra o’tkazilgan dastlabki xavfsizlik yig’ilishiga Bosh shtab rahbari, Bosh vazir o’rinbosarlari bilan bir qatorda tegishli byurokratlar ham ishtirok etdi.
Yig’ilishda 1- noyabr parlament saylovining xavfsizligini ta’min etishga qarata olingan chora- tadbirlar va xavfsizlik vaziyati muhokama qilindi.
Bosh vazir ushbu jarayonda qilgan oliy faoliyatlari tufayli xavfsizlikni saqlash, jandarm va davlatning tegishli barcha bo’limlarini tabrik etdi.
Xavfsizlik yig’ilishining asosiy kun tartibi terror tashkilotlariga qarashi uyushtirilgan uch tomonlama operatsiyalar edi.
O’ramar, Ikayaka va Dag’lija hududlarini terror tashkilotidan tozalashdagi muvaffaqiyat va Iroq chegarasi bo’yicha amalga oshirilgan harakatlar to’g’risida ma’lumot berildi. Terror bilan kurash davom etadi dedi.
Bosh vazir Davuto’g’lu qish sharoitida ham operatsiyalarning davom etishi uchun buyruq berdi.
Yig’ilishda, Suriyada sodir bo’lgan, chegaradan tashqari DEASH unsurlariga qarshi yuritilgan operatsiyalar va koalitsiya kuchlari bilan birgalikda yuritilgan harakat ham ko’rib chiqildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar