Misrda qamoqqa olingan 8 turk vataniga qaytdi

Turkiyaga buyurtma berilgan yaxtani Avstraliyaga eltish maqsadida yo’lga otlangan yaxta kapitani va 7 xodim 2014 yilning oktyabr oyida Misr sohillarida qo’lga olingan edi.

408455
Misrda qamoqqa olingan 8 turk vataniga qaytdi

Misrda qamoqqa olingan 8 turk vataniga qaytdi.
O’tgan yili Misr sohilida ketayotgan yaxtada ov miltiq o’qi topilgani sababli qo’lga olinib, Port Said qamoqxonasiga jonatilgan 8 nafar Turkiya fuqarosi sud qaroriga binoan ozod qilindi.
Yaxta kapitani Mehmet Jevahir Achikalin, yaxtada ishlagan xodimlar Aydin Karaja, Muammer Aygel, Rejep Dursun, Yunus Atalay, Giray Terzi, Umit Tarim va Ayberk Mutlu Turk Havo Yo’llariga tegishli TK-695 reysi bilan Qohiradan Istanbuldagi Otaturk Xalqaro aeroportiga qo’ndi.
Ozod bo’lgan turklar aeroportda xavfsizlik xodimlari tomonidan so’roqqa tutilgach, o’tishiga ruxsat berildi.
Turkiyaga buyurtma berilgan yaxtani Avstraliyaga eltish maqsadida yo’lga otlangan yaxta kapitani va 7 xodim, 2014 yilning oktyabr oyida Misr sohillarida qo’lga olinib, so’ngra qamoqqa tashlangan edi.
8 nafar Turkiya fuqarosi ustidan 15 yil qamoq jazosi berilishi talabi bilan sud ishi qo’zg’atilgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar