Ak partiyadan "Tashakkurlar Turkiya!" klibi...

Ak partiya saylovdagi g'alabasi munosabati bilan "Tashakkurlar Turkiya!" klibi orqali saylovchilarga minnatdorchilik bildirdi.

408765
Ak partiyadan "Tashakkurlar Turkiya!" klibi...

Ak partiya 1 noyabrdagi saylovlarda takror yakka hukumat bo’lish baxtiga muyassar bo’ldi.
Shu sababli reklama klibi orqali saylovchilarga minnatdorchilik bildirdi.
Mazkur klipda 2011 yilgi saylovlarda foydalanilgan “Yana bir marta” qo’shig’i yangradi.
Klip yakunida Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu “Tashakkurlar Turkiya!” deya millatga hayqirdi.
“Yana bir marta” nomli qo’shiq 2011 yilgi saylovlarda Ak partiyaning saylov kampaniyalarida quylangan edi.
1 noyabr kungi saylovda takror g’alaba qozongan Ak partiya ushbu qo’shiq jo’rligidagi klip orqali saylovchilarga minnatdorchilik bildirdi.
Bosh vazir twitter orqali yozgan tabrigida klipni namoyish qildi.
Bosh vazir twitterda “Ko’ngillarimiz bir, duolarimiz bir…1 noyabr demokratiya g’alabasi uchun tashakkurlar Turkiya” deb yozdi.
Klip ham bosh vazirning “Tashakkurlar Turkiya!” degan so’zi bilan yakunlandi.
Bosh vazirning twitterdagi klibi minglab muhlislariga manzur bo’ldi.




Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar