Erdog’an, Suriya chegarasidagi vaziyatlarga to’xtaldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, “Xalqga xizmat qilishning 20-yilligi” dasturida chiqish qildi.

400241
Erdog’an, Suriya chegarasidagi vaziyatlarga to’xtaldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Suriyaning Tel-Abyad mintaqasida yuz berayotgan voqealarning Turkiya jihatidan chuqur tashvish uyg’ota boshlaganligini belgilab, kerakli chora va tadbirning olinajagini aytdi.

Erdog’an, poytaxt Anqarda Xodimlar kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan uyushtirilgan “Xalqga xizmat qilishning 20-yilligi” dasturida chiqish qildi.

O’z so’zida Suriya chegarasidagi vaziyatlarga to’xtalgan Erdog’an;

-“DEASh, Tel-Abyadga kirib chiqdi. Bu gal esa Tel-Abyadga PYD kirib bormoqda. Buning hammasi kollektiv o’yin. Tel-Abyad aholisining 95 foizini arablar bilan turkmanlar tashkil etadi. 5 foizi esa kurdlardan iboratdir. Hozirda aholi u yerdan evokuatsiya qilindi. Ular avvalom bor Turkiyaga keldilar ortidan esa takror Tel-Abyadga qaytib ketdilar. Tel-Abyadni kantonga aylantirmoqchi bo’ldilar va hatto aylantirildi desak ham bo’ladi chunki “kanton” deb e’lon qilindi. Bu vaziyat Turkiya jihatidan chuqur tashvish uyg’ota boshladi. Shunday ekan nima qilinishi kerak bo’lsa buni Turkiya amalga oshiradi. Hamma bundan xabardor bo’lsin” dedi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, terror tashkilotlarining ittifoq bo’lib, yangi Turkiyaga qarshi hujumga o’tganliklarini ham aytib o’tdi.

Prezident o’z so’zida 1-noyabr kuni o’tkaziladigan saylovga ham to’xtalib, saylovchilarni ovoz berishga undadi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar