Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’ludan yoshlarga tavsiyalar...

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu Istanbulda xususiy radioning jonli eshittirishiga qatnashdi va media orqali yoshlardan kelgan savollarga javob berdi.

399265
Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’ludan yoshlarga tavsiyalar...


Yoshlarga bir qator tavsiyalar bergan bosh vazir Davutog’lu yoshlarga o’z kelajagi uchun, oilasi uchun, qolaversa butun insoniyat uchun katta ishlarni o’z oldiga maqsad qilib qo’yishlarini tavsşya qildi va “Yaxshi ishlarni maqsad qiling, rostgo’y bo’ling. Yuzingizdan tabassum arimasin. Tabassum va yaxshi so’z barcha eshiklarni ochadi”-dedi.
Yoshlarga bag’ishlangan loyihalar haqida ma’lumot bergan Davutog’luning aytishicha, internet bepul bo’ladi, ikkinchi marta universitetga kirgan talabalarga yotoqxonadan joy ajratiladi, yoshlar uchun passportga pul olinmaydi, Turk Havo Yo’llarida yoshlar uchun chipta narxlari arzonlashtiriladi, shirkat yoki firma ochadigan yosh tadbirkorlarga davlat tomonidan moddiy yordamlar va kredit imkoniyatlari ta’minlanadi, yoshlar o’rtasida ishsizlikni kamaytirish kabi faoliyatlar amalga oshiriladi.
Harbiy xizmatga doir faoliyatlar haqidagi savolga javoban Davutog’lu, hozirda bu borada hech qanday reja yo’qligini, saylovdan keyin Turkiyaning xavfsizlik sistemasi va harbiy xizmat bilan bog’liq tartibotlar amalga oshirilishini bildirdi.
Qolaversa, xorijda yashagan turklar uchun pulli harbiy xizmatning 6 ming evrodan ming evroga tushirilishini aytib o’tdi.
Mamlakatda yuritilgan yechim jarayoniga to’xtalgan Davutog’lu bu jarayonning hozircha to’xtatilganini, lekin bundan butunlay voz kechilmaganini bildirdi.
Ahmet Davutog’lu terrorizmga qarshi kurash jarayoni jadallik bilan davom etishini bildirib, “Davlat tartibini kim buzadigan bo’lsa jazo oladi. Adolat oldida javob beradi. Lekin, yechim jarayonidan aslo voz kechmaymiz, fuqarolarimizning demokratik haq va huquqlarini himoya qilamiz”-dedi.
Ahmet Davutog’lu 1 noyabr kuni o’tkaziladigan saylovlarga doir turk xalqi yakka hukumat bo’lish imkonini berishidan ishonchi komil ekanini tilga oldi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar