Turk iqtisodiyoti muammolarga qaramasdan o'sishga davom etmoqda

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Turkiya terror voqealariga qaramasdan o’sishga davom etganini bildirib, iqtisodiyot 2023da eng yirik 10 iqtisodiyot qatorida joy olishi maqsadlarimiz qatorida dedi.

357821
Turk iqtisodiyoti muammolarga qaramasdan o'sishga davom etmoqda

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Turkiya terror voqealariga qaramasdan o’sishga davom etganini bildirib, iqtisodiyot 2023da eng yirik 10 iqtisodiyot qatorida joy olishi maqsadlarimiz qatorida dedi.
Barcha sanoat va ishbilarmonlar jamiyat (TUMSİAD) Istanbuldagi bosh kengashida bir ma’ruza qilgan prezident,
“ Turkiya 2003-2014 yillari orasida yilda o’rtacha yuzda 5% o’sdi. Ushbu o’sish, 2008 yilidan e’tiboran dunyoda jiddiy bir moliyaviy inqiroz sodir bo’lgan davrda amalga oshirganini ayniqsa eslatmoqchiman dedi. Bu yil o’tkazilgan umumiy saylov, avj olgan terror voqealari, 1- noyabrdagi takror saylovga qaramasdan, 2015 yilining dastlabki choragida 2,3 va ikkinchi choragida, 3,8 % o’sish nisbati bilan ushbu tamoyil davom etganini ko‘ryapmiz” dedi.
Antalya 2015 yili 15- 16 – noyabr kunlarida o’tkaziladigan G-20 sammiti juda muhim bir qadam degan Erdo’g’an, Istanbulda amalga oshirilgan yosh 20 va ayol 20 ham, ushbu sammitning muhim qadamlaridan biri deb aytdi.
Prezident tashlagan qadamlar bilan dunyoda yangi bir nazariya tashkil etish uchun sa’y- harakat qilayotganlarini aytib, Turkiya dunyoga hissalarini farqli shaklda qo’shadi deb bildirdi.
Turkiya o’z yurtdoshlari bilan bir qatorda har yil chet eldan kelgan 400 ming kishiga sifatli salomatlik xizmati bera olgan bir o’lka holiga kelganini aytgan Erdo’g’an, 2003 yilidan beri 279 suv ombori, 144 tunal, 679 ming uy- joy insho etilganini bildirdi.
Erdog’an,
Bugun birovlari Turkiyani faqat terror bilan, terror tashkilotlari jinoyatlari bilan, Suriyadan kelgan muhojirlar bilan Iroqdagi o’zgarishlarning o’lkamizga aks ta’sirlari bilan tanitmoqchi. Faqatgina bulardan iborat bir Turkiya ko’rsatish uchun urinmoqdalar , bu o’lkaga va bu millatga qilinadigan eng katta nohaqlikdir” deb ta’kidladi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar