Davutog’lu:"Hech bir fuqaromizni kurd, turk deya ajratmaymiz"

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu Vanda saylov oldi tashviqotlarini yuritmoqda.

395149
Davutog’lu:"Hech bir fuqaromizni kurd, turk deya ajratmaymiz"


Vandagi nodavlat tashkilot vakillari bilan uchrashgan Davutog’lu, turk demokratiyasiga ko’z tikkan hoinlarga takror demokratiyaga sodiq qolgan holda kerakli javobni berishini bildirdi.
Sharqiy va janubi sharqiy Anadoluda taraqqiyot yo’lidagi safarbarlik davom etishini bildirgan Bosh vazir Davutog’lu, “Ularning ishi yo’llarga mina joylashtirish, bizning ishimiz esa, yo’llarni charog’on qilishdir”-dedi.
Terrorizmga qarshi kurashdan aslo voz kechmasligini ta’kidlagan Davutog’lu, “Na yechim jarayoni yarim qoladi, na terrorga qarshi kurash. Boshlagan ishimizni yakuniga yetkazamiz. Bir soniya bo’lsa ham biron fuqaromizni kurd, turk deya ajratadigan bo’lsak, bu maqomlar bizga harom bo’lsin”-dedi.
Davutog’lu: “Bu davlatni huzur va halovatga erishtiramiz. Demokratiyamizni, mustaqilligimizni kafolat ostiga olamiz. Hech kim bundan shubha qilmasin. Jonimiz va molimiz davlatning kafolati ostida”-dedi.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar