Akdog’an:"Alaviy, sunniy, turk, kurd barchamiz insonmiz"

Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Yalchin Akdog’an xususiy televizion kanalida terrorizmga qarshi kurash jarayoniga to’xtaldi.

394423
Akdog’an:"Alaviy, sunniy, turk, kurd barchamiz insonmiz"

Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Yalchin Akdog’an xususiy televizion kanalida terrorizmga qarshi kurash jarayoniga to’xtaldi.
Yalchin Akdog’an terror tashkilotining mag’lubiyatga uchrashida mintaqa xalqining katta ro’li borligini aytib o’tdi.
Akdog’an, “PKK ohirgi 30 yil ichida o’z maqsadiga erishmagan bo’lsa, bu yerda xalqning katta ro’li bor. Insonlar kurdlarga nisbatan yomon ko’z bilan qarasa, bu terror tashkilotiga yoqadi. Bularning qo’lida o’yinchoq bo’lmaslik kerak. Biz ularning choxiga tushmadik. Ikki millat et bilan tirnoq kabidir. Alaviy, sunniy, turk, kurd barchamiz Turkiya insonimiz”-dedi.
Akdog’an: “Yana bir hamla sifatida faoliyatni to’xtatish qarorini oldilar. Bundan oldin ham shunday qildilar. Ya’ni boshi berk ko’chaga kirganida yoki buzg’unga uchraganida qish uyqusiga kirgandek shunday qiladilar”-dedi.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar