Turk yurtdoshlari Yevropaga vizasiz sayohat qilishlari mumkinmi?

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu, Turk yurtdoshlari Yevropaga vizasiz sayohat qilishlari mumkin bo’lmasdan, Qochqinlarning o’tishlari va qaytarib berish mavzusida bir qadam tashlash mumkin emas deb bildirdi.

392913
Turk yurtdoshlari Yevropaga vizasiz sayohat qilishlari mumkinmi?

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu, Turk yurtdoshlari Yevropaga vizasiz sayohat qilishlari mumkin bo’lmasdan,
Qochqinlarning o’tishlari va qaytarib berish mavzusida bir qadam tashlash mumkin emas deb bildirdi.
Bosh vazir Davuto’g’lu, shaxsi bir televideniye kanalida, kun tartibi bilan tegishli savollarga javob berdi.
Yevropa ittifoqi o’lkalariga bir bayonot sifatida Davuto’g’lu,
-“ Schengen borasida qadam tashlanmasdan turib qochqinlarni qaytarib olish bitimlari imzolanmas. Imzolamasdan turib qochqinlarning o’tishlari va qaytarib olishi borasida bir qadam tashlash mumkin emas” dedi.
Yevropalik rasmiylar bilan qochqinlar mavzusida fikr almashish davom etganini ta’kidlagan Bosh vaziri,
-“ Turkiyaga shart qo’yib, “ shularni qilasiz, qilishingiz kerak, yo’qsa shular bo’ladi, deyish kimsaning haqi va hadi emas. Ushbu mushtarak dardni yechish shaklida anglash lozim, “ Bunday bir dard bor, pulimiz kam, pul bering” kabi bir tushunchamiz ham yo’q. Ushbu dardda o’zimizni sherik ko’rsak mushtarak bir strategiyada kelishsak buni bajo keltirishimiz mumkin. Qilinadigan narsada odil bo’lishimiz lozim. Bizga bermaydilar buni Suriyaliklarga bermoqdalar. Suriyaliklarning kelishini istamasalar, hozirgacha Turkiya o’z zimmasiga olgan yukni bahamlashishga tayyor bo’ladilar, 1 milliard emas, yuk nima bo’lsa maslahat qilib bahamlashamiz dedi.
Davuto’g’lu, ushbu muammolar ayni paytda qaytarib olish bitimi bilan aloqalik ekanini ham ta’kidladi.
Qaytarib olish bitimi ham to’g’ridan Schengen vizasining liberalashish bilan aloqalik bo’lgani uchun, Turkiya Schengenga o’tishiga mutlaqo birinchi o’rinda ahamiyat berish lozim” deb bildirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar