Anqaradagi portlash bo’yicha 10 kishi nazoratga olindi

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li, Anqarada shanba kuni yuz bergan ayanchli hodisa bo’yicha 10 kishining nazoratga olinganligini aytdi.

392908
Anqaradagi portlash bo’yicha 10 kishi nazoratga olindi

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li, xususiy TV kanalida, hujum bo’yicha olib borilgan tergov ishlari haqida ma’lumot berdi.

Davuto’g’li, Twitter hisobi orqali bildirgan ma’lumotlari orqali kecha 2 kishining nazoratga olinganligini eslatib;

-“Birinchi iz sifatida DEASh tashkiloti a’zosi sifatida, shubhali sifatida aloqa tarmog’ini aniqlay boshladik. Faqatgina xudkushlar bilan emas, umumiy olib qaraganda kimlar bilan hamkorlik qilganliklarini nazarda tutdik. Ikkinchi iz sifatida Twitter hisoblarini tekshiruvga oldik. U yerda ham bomba portlatishdan avval ba’zi aktyorlar, boshlangich tayyorgarlik ishi olib borganlari ma’lum. Bu nuqtada ham muhim ma’lumotlar qo’lga kiritdik. Bu ikki izning ketidan tushgan holda, 10 nafar qo’shimcha nazoratga olish ishlari yuritildi. Yana 10 kishi nazoratga olindi“ dedi.

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li, terrorist hujumi bo’yicha tergovlarning chuqurlashtirgan holda davom etganligini ham qo’shimchaladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar