Erdog'an, terror masalasini qo'lga oldi

Prezident terror tashkilotiga qarshi kurashning Turkiyada ham, chet elda ham uzluksiz davom etajagini ta’kidladi.

385531
Erdog'an, terror masalasini qo'lga oldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bu xalq, o’ziga qarshi qurol ko’targanlarni pushaymon qiladigan darajada qudratli va kuchli ekanligining barchaga ma’lum bo’lishi kerakligini ta’kidladi.

Prezidentlik Saroyida turli shaharlardan kelgan oq soqollar bilan uchrashgan Prezident Erdog’an, bo’lg’inchi terror tashkiloti PKK a’zosi terroristlarning hujumlarining Qurbon hayitida ham davom etganligini aytdi.

Bayramdagi hujumlarda xavfsizlik kuchlari xodimlarining shahid berganligini, ular orasida begunoh bolalarning ham mavjud ekanligini eslatgan Erdog’an;
-"Ko’rdingizmi; terroristlarning bazukasi bo’rib tekgan uydagi 9 yoshli qizaloq shahid bo’ldi. Buning evazini to’lashga majburmiz” dedi.

Hech qanday muqaddasligi yo’q, musulmon aholisining ham muqaddaslariga hurmat ko’rsata olmaydigan terroristlarga qarshi kurashda qarorlimiz” degan Prezident o’z so’zini,

-"Albatta shahidlarimizning va tinch aholidan halok bo’lgan fuqarolarimizning alami yuragimizni olov qilib yoqib tashlayapdi lekin ularning aziz hotiralari yana da keng kurash olib borish uchun kuch ham baxsh etmoqda” deya gapirdi.

Prezident Erdog’an, terror tashkilotiga qarshi kurashning Turkiyada ham, chet elda ham uzluksiz davom etajagini ta’kidlagan holda, xalq ham yordamini ayamayotganligini qo’shimchaladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar