Van-Hakkari yo'lida bomba portladi

Van xokimiyati ma’lum qilishicha, Van-Hakkari yo’lida harbiy transport karvoni o’tib ketayotgan paytda ikki hududda bo’lginchi terror tashkiloti tomonidan qo’lbola bomba uzoqdan portlatilgan.

391380
Van-Hakkari yo'lida bomba portladi

Vanning Bashkale tumanida PKK terror tashkiloti tomonidan yo’lga joylashtirilgan bomba uzoqdan portlatilgan.
Portlash oqibatida 24 askar tan jarohati olgan.
Van xokimiyati ma’lum qilishicha, Van-Hakkari yo’lida harbiy transport karvoni o’tib ketayotgan paytda ikki hududda bo’lginchi terror tashkiloti tomonidan qo’lbola bomba uzoqdan portlatilgan.
21 sentyabr kuni Van-Hakkari yo’lida joylashgan Chamlik hududida bomba portlatilgan. Portlash oqibatida 13 nafar xavfsizlik xodimi yaralangan.
22 sentyabr kuni esa, Van-Hakkari yo’lida harbiy mashina karvoni o’tib ketayotgan paytda bomba portlatilgan.
Portlash oqibatida 11 nafar xavfsizlik xodimi yaralangan.
Ushbu ikki hududda harbiy operatsiyalar kuchaytirilgan.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar