Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Moskvaga otlanmoqda

Turkiya Respublikasi Prezidenti R.T.Erdog’an Moskvada qurilgan ulkan masjidning ochilishiga tashrif buyuradi.

390626
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Moskvaga otlanmoqda

Turkiya Respublikasi Prezidenti R.T.Erdog’an 23 sentyabr chorshanba kuni Moskvaga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadigan Prezident Erdog’an, u yerda musulmonlar uchun qurilgan ulkan masjidning ochilishiga qatnashadi.
Masjidning ochilishiga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin qatnashmaydi.
Putin bilan Erdog’an o’rtasida bo’lib o’tadigan rasmiy uchrashuvda, ikki davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, Suriya masalasi va boshqa dolzarb mintaqaviy masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.
Qolaversa, Turkiya Prezidenti Erdog’anning Moskva safari chog’ida Falastin Davlat rahbari Mahmut Abbas bilan ham uchrashishi kutilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar