Turk havo yo'llarining muvaffaqiyati

Turkiyada uchoq yo'lovchilari soni ortdi.

376539
Turk havo yo'llarining muvaffaqiyati

Turkiyada uchoq yo’lovchilari soni avgust oyida 21.5 million, yilning 8 oyida esa 122 millionni tashkil etdi.

Davlat havo maydonlari korxonasi Bosh direktorligi, avgust oyiga oid hisobatlarni e’lon qildi.

Ushbu hisobatga ko’ra Turkiyadagi aeroportlardan avgust oyining o’zida 21 million 577 ming 768 yo’lovchi o’tgan.

Yilning ilk kunlaridan bugungacha esa yo’lovchi soni 122 million 62 ming 428 nafar bo’ldi.

Avgust oyida aeroportlardan xizmat olgan uchoq soni 157 ming 765ga yetdi.

Undan tashqari Otaturk va Sabiha Go’kche nomidagi aeroportdagi yo’lovchi soni o’rtacha 19 foizga ortdi.

Avgust oyida yuk tashish faoliyatlari ham 2 million 39 ming 130 tonnaga yetdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar