Turk qurolli kuchlari: "16 askarimiz shahid bo'ldi".

Dag'lijada 16 askarimiz shahid bo'ldi.

376000
Turk qurolli kuchlari: "16 askarimiz shahid bo'ldi".

Bosh shtab boshqarmasi, Turkiyaning Hakkari viloyati, Yuksekova tumani, Dag’lija mintaqasidagi terroristlar tomonidan qo'l urulgan hujum oqibatida 16 nafar askarning shahid bo'lganligi, 6 nafar askarning esa tan jarohati olganligi haqida ma'lumot tarqatdi.

Tan jarohati olgan askarlar davolanmoqda.

Bosh shtab boshqarmasi hujum ortidan boshlatilgan va Turk qurolli kuchlari tomonidan mintaqada boshlatilgan amaliyotlar haqida ham ma'lumot berdi.

Ushbu ma'lumotga ko'ra "Terror tashkilotiga oid 6 ta g'or, 2 ta omborxona, 3 ta boshpana soat 09:00 dan e'tiboran 3 ta F-4 va 4 ta F-16 harbiy uchoqla qurchovga olinmoqda" deyildi.

Bosh shtab boshqarmasi "Shahidlarimni Ollox o'z rahmatiga olgan bo'lsin. Qadrli oilasiga Turk qurolli kuchlari a'zolari va xalqimiz nomidan sabir tilaymiz. Hujumda tan jarohati olgan qahramon do'stlarimizga esa shifo tilaymiz" dedi.

 




Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar