5-sentabr kuni, turk tilidan imtihon o’tkaziladi

Ushbu imtihon Yunus Emre nomidagi institut tomonidan uyushtirilmoqda.

372481
5-sentabr kuni, turk tilidan imtihon o’tkaziladi

5-sentabr kuni chet ellik talabalarga bag’ishlangan “turk tili” imtihoni o’tkaziladi.

Yunus Emre nomidagi institut tomonidan uyushtirilgan “turk tili” imtihoni Turkiya va Yunus Emre nomidagi institutning chet eldagi markazlarida o’tkaziladi.

Imtohondan o’tib, yetarli darajada turk tilini biladi degan ma’noni anglatuvchi hujjatni olgan talabalar, Turkiya oliy o’quv yurtlarida o’qish haqqi qozonganlarida, turk tili bo’yicha tayyorgarlik kursi o’qishdan ozod bo’ladilar.

Turk tili imtihoni bir yilda uch marotaba yani yanvar, may va sentabr oylarida Yunus Emre nomidagi Turk madaniyati markazlari o’rin olgan davlatlarda, shuningdek Turkiyada o’tkazilmoqda.

Bu yilning eng oxirgi imtihoni 5-sentabr kuni o’tkaziladi.

Imtihonning ilk bosqichida o'qish, tinglash, yozish; ikkinchi bosqichida esa erkin so’zlashuv va o’zaro suhbat saviyalari aniqlanadi.

Turk tilida rahbarlik yoki tarjimonlik qilmoqchi bo’lgan chet elliklardan ham turk tilini bilganligi haqida hujjat talab qilinmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar