Turkiyada yangi hukumat tuzilyapdi

Yangi hukumat muddatidan oldin saylov o'tkazilib, u natijalangunga qadar davlatni boshqarish kuchiga ega.

369743
Turkiyada yangi hukumat tuzilyapdi

Yangi hukumatda qaysi partiyaga nechta vazirlikning berilishi ham ma’lum bo’ldi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an tomonidan Vaqtinchalik Vazirlar kengashini tashkil etish uchun Bosh vazir deb tayin qilingan Ahmet Davuto’g’liga, Turkiya Buyuk Millat Majlisidan “saylov hukumati”da, qaysi partiyaning nechta vazirlik ila ishtirok etishi haqidagi grafik yetkazildi.

Ushbu grafikga ko’ra Bosh vazir va 3 nafar mustaqil deputatdan tashqari Adolat va taraqqiyot partiyasiga 11, Jumhuriyat xalq partiyasiga 5, Milliyatchi harakat partiyasiga 3, Xalqlarning demokratik partiyasiga ham 3 vazirlik beriladi.

Bosh vazirlik manbalari tomonidan qo’lga kiritilgan ma’lumotga ko’ra Turkiya Buyuk Millat Majlisi tomonidan tayyorlangan vazirlik soni haqidagi grafik, Bosh vazir Ahmet Davuto’g’liga yuborildi.

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li esa ushbu grafik asosida bugundan e’tiboran tegishli partiyalarning deputatlariga taklif yuboradi.

Undan tashqari Oliy saylov komissiyasining 26-davr umumiy saylovining 2015-yilning 1-noyabri kuni o’tkazilishi haqidagi qarori ham rasmiy gazetaning maxsus sonida chop etildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar