Erdog'an: "Yo qurol tashlaydi, yoki yurtni tark etadi".

Erdog’an, Prezidentlik saroyida turli shaharlardan kelgan mahalla oq soqollariga xitob etdi.

334723
Erdog'an: "Yo qurol tashlaydi, yoki yurtni tark etadi".

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an PKKga a’zo terroristlarning qurol tashlashini yoki yurtni tark etishini aytdi.

Erdog’an, Prezidentlik saroyida turli shaharlardan kelgan mahalla oq soqollariga xitob etdi.

Oxirgi haftalarda ortgan terror hujumlariga e’tibor qaratgan Prezident;

-“Bu mamlakatda turk, kurd, cherkes deb millat ajratmaydigan bo’ldikmi, bo’ldik. Shunday ekan, nimaga endi haligacha bu yurtda yoshgina yigitlarimiz o’ldirilyapdi. Nimaga endi yoshlarimiz shahid qilinyapdi? deya savol berdi.

“Bularga nima kerak? Men aytib qoyaqolay. Bular bizning yurtimizni bo’lmoqchi” degan Prezident, o’z so’zini;

-“Terrorizmdan voz kechmaganlar o’ziga yarashasini ko’ryapdilar. Ko’rishni ham davom ettiradilar” dedi.

Erdog’an quyidagi so’zlarni ham tilga oldi,

-“Bugun bo’lib o’tgan voqea chog’ida jon bergan fuqarolarimizning barchasi ana shu mintaqaning farzandlari emasmi? Terroristlar bemor olib ketayotgan tez yordam mashinasiga qarab hujum qiladi, ashyo tashiyotgan yuk mashinalariga, maktablarga o’t qo’yadi. Yo’lga mina joylashtirib, yo’lni to’sadi. Kasalxonalar toshvarang qilinadi. Qon to’plash mashinalariga ziyon beriladi. To’g’on qurilishiga mone’lik qilinadi. Barcha tabiiy gaz quvirlari portlatiladi. Ahir ziyon ko’rganlarning barchasi ana shu mintaqaning insonlarku”.


 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar