Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu BBC mehmoni...

Ahmet Davutog’lu Suriyadan kelgan qochqinlar uchun xavfsiz hudud tashkil qilish maqsadida Amerika bilan hamkorlikda ish olib borishini tilga oldi.

323796
Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu BBC mehmoni...

Turkiya Suriyada xavfsiz hudud tashkil qilish bo’yicha qat’iy fikrga ega.
Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu Ankarada BBCning Yaqin sharq bo’yicha muhbiri Jeremy Bowenning Suriya va Iroqdagi o’zgarishlar, mintaqaviy terrorizmga qarshi kurash va hukumat tuzish faoliyatlariga doir savollariga javob berdi.
Turkiya Suriya shimolida xavfsiz hudud tashkil qilish fikrini olg’a surganini bildirgan Davutog’lu, Suriyadan kelgan qochqinlar uchun xavfsiz hudud tashkil qilish maqsadida Amerika bilan hamkorlikda ish olib borishini tilga oldi.
Davutog’luning fikricha, Suriyaga quruqlik kuchlarini jo’natish o’rniga, u yerdagi muholif jangchilarni yana ham kuchlantirish zarur.
U Turkiyaning manfaatlari va xavfsizligiga rahna solgan har qanday tahdidga aslo yo’l qo’ymasligini bildirdi.
Suriyada 4 yildan beri davom etgan urushni to’xtatish uchun xalqaro hamjamiyatni safarbarlikka chaqirgan Bosh vazirning aytishicha, Turkiya DAISh va boshqa terror tashkilotlarini hech qachon qo’llab quvvatlamagan.
Uning aytishicha, Turkiya kurdlarga qarshi urush ochmaydi, lekin terror tashkiloti PKKga qarshi qattiq kurashadi.
Ahmet Davutog’lu 7 iyunda bo’lib o’tgan umumiy saylovga doir savollarga ham javob berdi.
Saylovga aholining 85%i qatnashganini bildirgan Bosh vazir Ahmet Davutog’lu, Ak partiya saylovda 41% ovoz olganini ma’lum qildi.
Davutog’luning aytishicha, xozirda mamlakatda koalitsiya hukumatini tuzish faoliyatlari davom etmoqda, lekin Ak partiyasiz hukumatni tuzish mumkin emas.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar