Eron Tashqi ishlar vaziri Turkiyaga tashrif buyurmoqda

Eron Tashqi ishlar vaziri Jevad Zarif tashrifi chog’ida, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu bilan uchrashadi.

320853
Eron Tashqi ishlar vaziri Turkiyaga tashrif buyurmoqda

Eron Tashqi ishlar vaziri Jevad Zarif ertaga Turkiyaga tashrif buyuradi.
Jevad Zarif tashrifi chog’ida, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu bilan uchrashadi.
Bo’lib o’tadigan uchrashuvda Suriya masalasi va mintaqaviy o’zgarishlar muhokama qilinadi.
Qolaversa, Eron bilan Turkiya o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar ko’zdan kechiriladi.
Eron Tashqi ishlar vazirining tashrifi Eron bilan g’arb davlatlar o’rtasida tuzilgan Vena shartnomasidan so’ng amalga oshirilgan dastlabki ziyorat bo’lishi jihatidan katta ahamiyatga ega.
Mazkur shartnomaga binoan, Eronning atom faoliyatlarini cheklashi evaziga sanksiyalar bekor qilinadi.
Eron Tashqi ishlar vaziri poytaxt Ankarada Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu bilan ham uchrashishi kutilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar