Amerika terror tashkiloti PKKni qurollarni tashlashga chaqirdi

AQSh kotibligi:"Turkiya hukumati terror tashkiloti PKKga qarshi o’z davlatini va xalqini himoya qilishga haqli..."

314716
Amerika terror tashkiloti PKKni qurollarni tashlashga chaqirdi

AQSh kotibligi terror tashkiloti PKKni qurollarni tashlashga chaqirdi.
AQSh kotibligi voizi Mark Toner Turkiyaning Iroq shimolidagi terror tashkilotlariga qarshi havo hujumi sodir qilganiga doir savollarga javob berdi.
Toner terror tashkiloti PKK Turkiyada askarlarga, politsiya xodimlariga hujum qilganini eslatib, Turkiya hukumati o’z davlatini va xalqini himoya qilganini bildirdi.
“PKK terror tashkiloti hujumlarni to’xtatishga majbur”-deya ta’kidlagan Toner, “PKKning qurollarni tashlab, takror tinchlik uchun yechim jarayoniga amal qilishini istaymiz”-dedi.
Havo hujumlari paytida tinch aholining nobud bo’lgani haqidagi savollarga javoban, bunday havo hujumlari paytida ba’zan insonlar ham nobud bo’lishini, asl maqsad terror tashkilotini nishonga olish ekanini bildirdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar