Ag'ri va Mardinda 3 askar terror qurboni bo'ldi

Ag’rining Dog’ubeyazit tumanida PKK terror tashkiloti tomonidan jandarm boshqarmasiga portlovchi modda ortilgan traktor vositasida sodir qilingan hujumda 2 askar halok bo’lgan.

311393
Ag'ri va Mardinda 3 askar terror qurboni bo'ldi

Turkiyaning turli viloyatlarida terror tashkiloti PKKning hujumlari avj oldi.
Ag’rining Dog’ubeyazit tumanida PKK terror tashkiloti tomonidan jandarm boshqarmasiga portlovchi modda ortilgan traktor vositasida sodir qilingan hujumda 2 askar halok bo’lgan, 31 askar tan jarohati olgan.

Yarador bo'lgan 4 askarning ahvoli og'ir ekani aytilmoqda.
Hujum bugun tonga yaqin soat 03:00 atrofida sodir bo’lgan.
Mardinning Midyat tumanida esa, Kerkuk-Yumurtalik neft quvur tarmog’ining xavfsizligini saqlagan askarlar harbiy mashinada o’tib ketayotgan paytda, terror tashkiloti PKK tomonidan yo’lga ko’milgan mina portlagan.
Portlashda 1 askar halok bo’lgan, 7 askar tan jarohati olgan.
Xavfsizlik kuchlari terroristlarni qo’lga tushirish uchun safarbarlik e’lon qildi.
Mardin xokimiyati voqeaga doir bergan bayonotida, “Qastdan hujum sodir qilgan terroristlarni qo’lga tushirish va xalqning tinchligini saqlashga doir faoliyatlarimiz to’xtovsiz davom etadi”-degan ifodalarga o’rin berildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar