Ahmet Davutog’lu Suruchdagi terror hujumi haqida...

Ahmet Davutog’lu:“Tinchligimizga rahna solgan bu provokatsiyani millatimizning kuchi bilan bartaraf etamiz”

346642
Ahmet Davutog’lu Suruchdagi terror hujumi haqida...

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu Turkiya Respublikasi o’tmishda bo’lgani kabi bugungi kunda ham terrorizmga qarshi hamisha kurash olib borishini tilga oldi.
Davutog’lu, shahsiy twitter hisobidan Suruchdagi terror hujumiga doir, “Biz qo’lida qurol bilan, bomba bilan qatliom sodir qilganlarga doimo terrorist deb kelganmiz”-degan holda DAISh va bunga o’xshash terror tashkilotlari aslo ko’zlagan qora maqsadlariga erisha olmasligini bildirdi.
Mintaqada yuz bergan bo’xronga qaramasdan, Turkiyaning urushga jalb qilinishiga aslo yo’l qo’ymasligini tilga olgan bosh vazir, Turkiya o’tmishda bunga o’xshash provokatsiyalarga duch kelganini bildirdi.
Davutog’lu, “Tinchligimizga rahna solgan bu provokatsiyani millatimizning kuchi bilan bartaraf etamiz”-dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar