Yunonistonga o'tishga uringan muhojirlar qo'lga olindi

Afg’oniston, Pokiston va Suriya fuqarolari bo’lgan 101 muhojir Ayvajik Xavfsizlik boshqarmasi tomonidan mamlakatiga deport qilinadi.

379622
Yunonistonga o'tishga uringan muhojirlar qo'lga olindi

Turkiyaning Chanoqqala viloyati Ayvajik tumanidan Yunonistonning Midilli oroliga o’tishga uringan 101 muhojir qo’lga olindi.
Sohil xavfsizlik xodimlari ma’lum qilishicha, noqonuniy muhojirlar to’da-to’da bo’lib, Ayvajik sohilidan balon qayiqlarda Egey dengizida ketayotgani haqida xabar kelgan.
Hududga yetib borgan sohil xavfsizlik xodimlari balon qayiqlarga to’la muhojirlarni Kadirga burni bilan Bodamli qishlog’i sohilida to’xtatgan.
Ma’lumotga ko’ra, Afg’oniston, Pokiston va Suriya fuqarolari bo’lgan 101 muhojir Kuchukkuyu hududiga olib kelingan.
Muhojirlar Ayvajik Xavfsizlik boshqarmasi tomonidan mamlakatiga deport qilinadi.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar