Milliy irodaga takror murojaat qilishga  tayyormiz...

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu Anqaraning Go’lbashi tumanidagi AK Partiya yoshlik taramog’i iftor ziyofatiga qatnashdi.

338413
Milliy irodaga takror murojaat qilishga  tayyormiz...

Davuto’g’lu:” Milliy irodaga takror murojaat qilish kerak bo’lsa bunga toyarmiz”
Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu Anqaraning Go’lbashi tumanidagi AK Partiya yoshlik taramog’i iftor ziyofatiga qatnashdi.
Bosh vazirning kun tartibida vaqtidan oldin saylov ham bor edi.
Davuto’g’lu, “Koalitsiya hukumati tuzish sa’y- harakatini qilgandan keyin agar takror millat irodasiga murojaat qilish kerak bo’lsa Ak Partiya bir saylovga tayyor” dedi.
Bosh vazir o’rinbosari Ali Babajon ham Aksaray Ak Partiya viloyat rahbariyatida uyushtirilgan iftor dasturiga qatnashdi.
Prezidentimiz, Ak Partiya Bosh rahbari va Bosh vazir Ahmet Davuto’g’luga hukumatni tuzish vazifasi berish bilan 45 kunlik bir muhlat davri joriy bo’ladi degan Babajon, Samimiy va yaxshi niyatli bir shaklda, bir koalitsiya hukumati tuzishga g’ayrat qilamiz dedi.
“ Turkiyani hukumatsiz va hokimiyatsiz qoldirmaymiz” degan Babajon: Xalqimizning irodasi koalitsiya tuzish jihatidadir va biz bunga hurmat qilib va qo’limizdan kelganini qilamiz” deb ifoda etdi.
Ko’z o’nglarida muhim bir jarayon bo’lganini aytgan Babajon, partiyasi Turkiyani 2023gacha qanday bir yo’l xaritasi olib borishi kerakligi mavzusida jiddiy faoliyatlar olib borganlarini bildirdi.
Boshqa tomondan, jumhuriyat xalq partiyasi deputati Akif Hamzachebi, saylov shartini 10 foizdan 5 foizga pasaytirish uchun qonun taklifi tayyorladi.
Majlis rahbariyati taqdim etilgan takliflar, deputatlar saylov qonunida farqlilik kiritishi nazarda tutmoqda deb bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar