Turkiya, muhojirlar uchun, iftor dasturxoni tuzadi

Bu an'ana 10 yildan beri davom etib kelmoqda.

328743
Turkiya, muhojirlar uchun, iftor dasturxoni tuzadi

Turkiyaga kelgan ko’pchilik muhojirlar Istanbulning Fatih tumani Kumkapi mahallasida istiqomat qiladilar. Shuning uchun ham atalgan mahallaning biri “Kichik Somali” deb nomlanib qolgan.

Ana shu “Kichik Somali” ko’chasida har yili, muqaddas Ramazon oyida iftor dasturxoni tuzalib, dasturxon atrofida barcha muhojirlar jamuljam bo’ladilar.

Bu an’ana 10 yildan beri davom etib kelar ekan bu yili atalgan ko’chada joylashgan “Katib Kasim” nomidagi jome masjidi ayvonchasida o’tkazildi.

Pokiston, Turkmaniston, Somali, Suriya, Uganda va Senegal kabi dunyoning to’rt burchagidan kelgan muhojirlar Istanbulda ayni iftor dasturxonida uchrashdilar.

Jome masjidi imomining boshchiligida boshlagan iftor an’anasini savdogarlar ham qo’llab-quvvatladilar.

Dasturxon atrofida har yoshdan, har millatdan insonlar mavjud edi.

300 kishilik iftor dasturida, jome masjid ayvonida, ayollar uchun ham alohida dasturxon tuzaldi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar