Erdog’an, sobiq Bosh vazirlar bilan deputatlarga iftor berdi

Prezident iftor dasturxonida, koalitsiya masalasini kun tartibiga olib chiqdi.

327636
Erdog’an, sobiq Bosh vazirlar bilan deputatlarga iftor berdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an; umumiy saylovlardan keyin kun tartibiga olib chiqilgan koalitsiya masalalari haqida so’z qilar ekan “Ozchilik hukumati chora emasdir” dedi.

Erdog’an Prezidentlik saroyida, turli partiyalarning sobiq deputatlariga iftor berdi.

Ushbu iftor dasturxoniga 500dan ziyod sobiq deputat tashrif buyurar ekan ulardan tashqari sobiq Bosh vazirlardan Yildirim Akbulut bilan Mesut Yilmaz ham bor edi.

Iftor dasturxonining mezboni Prezident Rajap Tayyip Erdog’an koalitsiya masalasini kun tartibiga olib chiqar ekan, jarayonni “imtihon” deya baholadi.

Erdog’an, “Bu imtihondan muvaffaqiyatli ravishda o’tganlar keyingi davrlarda, xalqimizning mukofatini oladi deb o’ylayman. Bunga ishonchim komil. Bu jarayonda o’zining siyosiy va shaxsiy foydasini mamlakatning va millatning foydasidan yuqori ko’zlaganlar ham millatimizdan kerakli javobni oladilar. Ozchilik hukumati Turkiyaning muammosini hal qila olmaydi degan fikrdaman” dedi.

Prezident koalitsiya jarayonining, muvaffaqiyatli davom etishini tilaganligini belgilab “Prezident sifatida o’z vazifamni bajarayapman. Bajarishni ham davom ettiraman” deya gapirdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar