Turk Qizil yarim oy jamiyati turkmanlarga yordam qo'lini uzatdi

Turk Qizil yarim oy jamiyati Iroqdagi to’qnashuvlar sababli boshpanasiz qolgan mingdan ziyod turkman oilaga oziq-ovqat mahsuloti tarqatdi.

323211
Turk Qizil yarim oy jamiyati turkmanlarga yordam qo'lini uzatdi

Turk Qizil yarim oy jamiyati Kerkukka insonparvarlik yordami jo’natdi.
Turk Qizil yarim oy jamiyati Iroqdagi to’qnashuvlar sababli boshpanasiz qolgan mingdan ziyod turkman oilaga yordam qo’lini uzatdi.
İlk bosqichda Kerkukda 500 oilaga oziq-ovqat mahsuloti tarqatildi.
Turk Qizil yarim oy jamiyatining Iroqdagi insonparvarlik yordamidan mas’ul vakili Shafak Lostar, “Oziq-ovqat mahsulotlarini Suleymaniya va Erbilda tarqata boshlaymiz”-dedi.
Turk Qizil yarim oy jamiyatining Kerkukda tarqatgan yordamlaridan Musul, Telafer va Iyaziye hududidan kelgan turkmanlar ham foydalanmoqda.
Turkmanlar hayrsevar Turkiya va turk xalqiga hamda Turk Qizil yarim oy jamiyatiga minnatdorchilik bildirdi.
Neshvanda yashagan turkmanlar ham Turk Qizil yarim oy jamiyatining yordamlari bilan kun kechirmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar