Erdog’an: "Yangi davlatning qurilishiga aslo yo’l qo’ymaymiz".

Prezident, Turk Qizil yarim oy jamiyatining medal topshirish marosimi va iftor oqshomida nutuq so'zlar ekan Suriyadagi insoniy dramaga to'xtaldi. Shuningdek Turkiyaning Suriyani qo'llab-quvvatlashdagi maqsadalarini izoh etdi.

321630
Erdog’an: "Yangi davlatning qurilishiga aslo yo’l qo’ymaymiz".

Turkiya Respublikasi Prezident Rajap Tayyip Erdog’an nafaqat o’z xalqiga balki butun dunyoga xitob etgan holda,

“Suriyaning shimolida, bizning esa janubimizda yap-yangi bir davlatning qurilishiga aslo yo’l qo’ymaymiz. Buni bilishingizni xohlayman. Evazi nima bo’lishidan qat’iy nazar biz bu mavzudagi kurashimizni davom ettiramiz. Mintaqadagi terrorist guruhlarning qayerdan yordam olayotganligi bizga ma’lum. Buni faqatgina biz emas tegishli kishilarning barchasi biladi” dedi.

Erdog’an Istanbulda uyushtirilgan “Turk Qizil yarim oy jamiyatining medal topshirish marosimi va iftor oqshomi”da nutuq so’zlar ekan oxirgi natijalarni hisobga olgan holda Bashar Asadning DEASh va bo’lg’inchi tashkilot bilan bir xil yo’lda ketayotganligini belgilab “Bu haqiqat hamamizga ayon ekan Turkiyaning nomini terror bilan birga yod etishlik, faqatgina yomon niyat bilangina izoh etilishi mumkin” dedi.

Turkiyaga “terrorist davlat” deyishga hech kimning haqqi yo’qligini aytgan Prezident, Turkiyani, qaysidir terror tashkiloti bilan yonma-yon tilga olishlik eng katta tuhmatlardan biri ekanligini ta’kidladi.

Erdog’an,

“Turkiya albatta Suriyadagi erkinlik kurashini qo’llab-quvvatlaydi. Iroqda o’z haqqini himoya qilgan xalqga yaxshi niyat bilan yondoshadi. Ammo Turkiya bularni amalga oshirar ekan terror tashkiloti bilan yonma-yon ish yuritayotgani yo’q. Na Asad rejimi bilan, na boshqa terror tashkilotlari bilan Turkiyani hech kim yonma-yon qo’yolmaydi” deya gapirdi.

Suriyadagi insoniy dramaga to’xtalgan Erdog’an, buning deyarli barchasining yukini Turkiya bilan Suriyaga qo’shni davlatlarning yelkasiga yuklashning nohaqlik ekanligini aytdi.

Erdog’an qaysi millatga, qaysi dinga va qaysi mazhabga aloqador bo’lishidan qat’iy nazar butun Suriya va Iroq xalqining judayam katta azob chekganligini belgilab bu odamgarchilikdan chiqgan jarayonning tezlik bilan bas qilinishi kerakligini ta’kidladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar