Erdog’an Quvayt va Tunisdagi hujumlarni qoraladi

Kecha Quvaytda xudkushlik hujumi bugun tunda esa Tunisda qurolli hujum uyushtirildi.

321981
Erdog’an Quvayt va Tunisdagi hujumlarni qoraladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Quvaytda Shia mashabiga oid bir jome masjidiga juma namozi chog’ida uyushtirilgan xudkushlik hujumini va Tunisning Suse shahridagi ikki nafar turistik mehmonxonaga qaratilgan qurolli hujumni keskin ravishda qoraladi.

Prezidentlik tomonidan ma’lum qilinishicha Quvayt va Tunisning tinchlik va barqarorligini buzishni mo’ljallagan ushbu hujumlar, terrorizmga qarshi kurash mavzusida xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning ahamiyatini o’rtaga qoygan.

Undan tashqari hujumlarning Ulug’ Ramazon oyida uyushtirilishi muqaddas qadriyatlarning hurmat qilinmaganligining ko’rsatkichidir.

Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashi mavzusida Tunis va Quvayt bilan birdamlik ichida ekanligi ham ta’kidlandi.

Shu bilan birga Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Tunis Prezidenti Muhammad al-Bojiy Kaid as-Sibsiy va Quvayt Amiri shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as al-Sabah bilan telefon orqali uchrashib ularga hamdartlik bildirdi.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ham Tunisdagi ko’plab kishining umriga zomin bo’lgan terror hujumini keskin ravishda qoraladi.

Undan tashqari “Turkiya, Tunisga yordam berishni terrorga qarshi kurash bosh bo’lish bilan birga har sohada davom ettiradi” deyildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar