Turkiyadan ko’chmas mulk sotib olgan chet elliklar soni ortdi

Turkiyadan ko’chmas mulk sotib olganlarning ko’pchiligi ingliz va ruslardan iboratdir.

319677
Turkiyadan ko’chmas mulk sotib olgan chet elliklar soni ortdi

Turkiyadan ko’chmas mulk sotib olgan chet elliklar soni 136 ming 967 nafarga yetdi.

Davlat yer kadastri Bosh direktorligi tomonidan ma’lum qilinishicha Turkiyadan ko’chmas mulk sotib olganlarning ko’pchiligi ingliz va ruslardan iboratdir.

Ularning 36 ming 478 nafari ingliz va 13 ming 590 nafari esa ruslarni tashkil etadi.

Undan tashqari 13 ming 192 nafar Germaniya, 8 ming 272 nafar Norvegiya, 5 ming 945 nafar Eron, 5 ming 543 nafar Danimarka, 5 ming 538 nafar Gollandiya, 4 ming 803 nafar Iroq, 4 ming 672 nafar Belgiya va 4 ming 39 nafar Quvayt fuqarosi Turkiyadan ko’chmas mulk sotib olganlar.

Turkiyadan ko’chmas mulk sotib olmoqchi bo’lgan chet elliklar eng ko’p mamlakatning Antaliya, Mug’la, Aydin, Istanbul, Mersin va Izmir shaharlarini tanlamoqdalar.

Bursa, Yalova, Anqara va Sakarya ham chet elliklarni qiziqtirgan shaharlar orasida o’rin olmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar