Suleyman Demirelning vafoti turk xalqini motamga cho’mdi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Turkiya Respublikasining 9-prezidenti Suleyman Demirelning vafoti munosabati bilan hamdartlik bildirdi.

307540
Suleyman Demirelning vafoti turk xalqini motamga cho’mdi

Turkiya Respublikasining sobiq prezidenti Suleyman Demirelning vafoti turk xalqini motamga cho’mdi.
Uning vafoti ortidan davlat siyosatchilari taziya bildirdi.
Jumladan, mavjud Prezident R.T.Erdog’an Turkiya Respublikasining 9-prezidenti Suleyman Demirelning vafoti munosabati bilan hamdartlik bildirdi.
Erdog’an Suleyman Demirelning kuchli davlat va siyosat arbobi sifatida turk siyosat tarixining muhim shahslaridan biri ekanini bildirdi.
Turkiya Oliy majlis raisi Jemil Chichek, “Barchamiz bu hayotdan ibrat olishimiz kerak. Buyuk shahsdan ajralib qoldik”-dedi.
Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu esa, ijtimoiy media orqali bildirgan taziyasida, “O’ziga xos uslubi bilan butun siyosiy hayotida mamlakatimizga bergan xizmatlari doimo taqdirlanadigan kuchli siyosiy arbob edi”-dedi.
Davutog’lu taziyasida Suleyman Demirelning yaqinlariga, oila-a’zolariga va turk millatiga hamdartlik bildirdi.
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu ham taziya bildirgan vakillardan biri edi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar