Deniz Baykal Prezident Erdog’an bilan uchrashdi

Deniz Baykal Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bilan Tashqi ishlar vazirligi qarorgohida uchrashdi.

300664
Deniz Baykal Prezident Erdog’an bilan uchrashdi

Jumhuriyat xalq partiyasining sobiq rahbari va Antaliya deputati Deniz Baykal Prezident Rajap Tayyip Erdog’anga har qanday koalitsiya qurishga tayyor ekanligini aytdi.

Deniz Baykal Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bilan Tashqi ishlar vazirligi qarorgohida uchrashdi. Uchrashuv ortidan jurnalistlarning savoliga javob berdi.

Turkiyada, tezlik bilan barqarorlikning ta’minlanishi mavzusida Erdog’an bilan hamfikr ekanligini ifodalagan Janob Baykal;

“Men ham Turkiya, tezlik bilan bu noaniqlik davrini oshishligi kerak degan fikrdaman. Hurmatli Prezidentning ham mana shu fikrda ekanligining guvohi bo’ldim” dedi.

Erdog’anning koalitsiya qurish fikriga tayyor ekanligiga e’tibor qaratgan Baykal;

“Har qanday koalitsiya qurish fikriga tayyor ekanligining guvohi bo’ldim. Muholafatning o’zaro koalitsiya qurishiga ham hech qanday e’tirozi yo’q. Hurmatli Prezident tezlik bilan hukumatni qurish tarafdori. Bo’lishi mumkin bo’lgan barcha modellarni baholashga ijobiy qaraydi degan fikrdaman” deya gapirdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar