Turkiya Usmoniy arxivlarini ochmoqda

“Usmoniy arxivlarida Falastin hujjatlari” nomli loyiha asosida Usmoniy arxivlaridagi Falastin bilan bog’liq hujjatlar ko'zdan kechiriladi.

293032
Turkiya Usmoniy arxivlarini ochmoqda

Turkiya Falastin uchun Usmoniy arxivlarini ochmoqda.
Turkiya Bosh vazirligiga qarashli Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar rahbariyati yarim asrdan beri Yaqin sharqda hukm surgan Falastin-Isroil masalasiga aniqlik kiritish uchun katta ishga qo’l urdi.
Usmoniy arxivlaridagi Falastin bilan bog’liq hujjatlar turk, arab va ingliz tiliga tarjima qilinib, jamoatchilik e’tiboriga havola qilinadi.
“Usmoniy arxivlarida Falastin hujjatlari” nomli loyiha asosida qo’lga kiritilgan hujjatlarning kunimizdagi huquqiy jarayonga namuna bo’lishi kutilmoqda.
Ayni paytda, mazkur faoliyat Turkiyaning Falastin masalasi bo’yicha zimmasiga oladigan mas’uliyatga katta hissa qo’shishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar