Yevropa davlatlari bilan Turkiya ortasida vizalar bekor qilinadi

Slovakiya va Sloveniya kabi ba'zi davlatlar bilan vizalar bekor qilindi.

298853
Yevropa davlatlari bilan Turkiya ortasida vizalar bekor qilinadi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, turizm sohasini rivojlantirish maqsadida har qanday chora-tadbirni amalga oshirayotganliklarini aytdi.

Turkiyaga kelgan sayyohlar sonining oxirgi 12 yil ichida 13 milliondan 40 millionga yetganligini eslatgan Janob Chavusho’g’li, “Yevropa davlatlari bilan vizalarni bekor qilmoqdamiz. Elektronik ravishdagi vizalarni ortaga qoydik. Protsedura atigi, bir necha daqiqagina davom etmoqda. Undan keyin Turkiyada yashash muddatini cho’zib beramiz” dedi.

Chet elliklar uchun ko’plab qulayliklar ta’minlanganligini ta’kidlagan Chavusho’g’li, Slovakiya va Sloveniya kabi ba’zi davlat fuqarolariga vizani bekor qilganliklarini eslatar ekan, Polshaliklar uchun ham bekor qilinajagini aytdi.

Chavusho’g’li, “Sayyoh sonining ortishini xohlaymiz. Buning uchun har qanday chora-tadbirni amalga oshirmoqdamiz” dedi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar