Xorijda yashagan Turkiya fuqarolari saylov uchun ovoz bermoqda

Amerikada 12347, Avstriyada 32000, Belgiyada 39000, Daniyada 8000, Fransiyada 100000, Shveysariyada 33000, Shimoliy Kipr Turk Respublikasida esa, 21000 turk saylovchi ovoz berdi.

295086
Xorijda yashagan Turkiya fuqarolari saylov uchun ovoz bermoqda

Xorijda yashagan Turkiya fuqarolari saylov uchun ovoz bermoqda.
Turkiyada 7 iyun kuni o’tkaziladigan umumiy saylov uchun xorijda yashagan Turkiya fuqarolarining 8 mayda boshlangan ovoz berish jarayoni davom etmoqda.
Bugungacha xorijda 685 ming 158 nafar saylovchi ovoz berdi.
Germaniyada umumiy saylovlar uchun hozirgacha 413 ming 9 nafar Turkiya fuqarosi ovoz berdi.
Germaniyada yashagan turklar Yevropa bo’yicha eng ko’p ovoz bergan saylovchilarni tashkil qildi.
Amerikada 12347, Avstriyada 32000, Belgiyada 39000, Daniyada 8000, Fransiyada 100000, Shveysariyada 33000, Shimoliy Kipr Turk Respublikasida esa, 21000 turk saylovchi ovoz berdi.
Xorijdagi saylovchilar Turkiyaning Avstraliya, Germaniya, Avstriya, Belgiya, Daniya, Fransiya, Shveysariya, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Norvegiya va Amerika Qo’shma Shtatlaridagi jami 40 vakolatxonada 31 maygacha, bojxonalarda esa, 7 iyungacha ovoz berishi mumkin.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar