Turkiyada 77 nafar noqonuniy muhojir qo’lga olindi

Afg’oniston, Eritre, Myanma va Suriya fuqarosi bo’lgan jami 77 muhojir Turkiya orqali Yunonistonning Midilli oroliga o’tishga uringan.

291035
Turkiyada 77 nafar noqonuniy muhojir qo’lga olindi

Turkiyaning Chanakkale viloyati Ayvajik tumanida noqonuniy yo’llar bilan Yunonistonning Midilli oroliga o’tishga uringan 77 muhojir qo’lga olindi.
Tuman Jandarm komondonligi xodimlari sohildagi Yashil port atrofida turli millatlardan ko’plab xorijliklarning borligini aniqladi.
Afg’oniston, Eritre, Myanma va Suriya fuqarosi bo’lgan jami 77 muhojir Midilli oroliga o’tishga uringani, lekin havoning noqulayligi sababli dengiz safariga chiqa olmagani aniqlandi.
Muhojirlar ro’yxatga olingach, deport qilinishi uchun Ayvajik tumani Xavfsizlik boshqarmasiga olib ketildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar