Izmir shahrida 46 nafar noqonuniy muhojir qo’lga tushdi

Hozircha ularning qaysi davlat fuqarolari ekanligi noma’lum.

284715
Izmir shahrida 46 nafar noqonuniy muhojir qo’lga tushdi

Izmirning Bornova tumanida noqonuniy yo’llar orqali chet elga ketishga harakat qilgan 46 nafar muhojir qo’lga tushdi.

Xavfsizlik xizmati xodimlari Chamdibining Yildirim Beyazit mahallasida bir necha chet ellik kishilarning, qo’llarida sumkalar bilan yig’ilib turganligi haqidagi ma’lumotga ko’ra amaliyot boshlatdi.

Atalgan mahallaga yetib borgan Xavfsizlik xizmati xodimlari noqoqnuniy yo’llar orqali chet elga ketishga harakat qilayotgan kishilar orasida ayol va erkaklardan tashqari 4 nafar yosh bola ham o’rin olgan jami 46 nafar muhojirni qo’lga tushirdi.

Hozircha ularning qaysi davlat fuqarolari ekanligi noma’lum.

Qo’lga tushirilgan muhojirlar kerakli protsedura ortidan Chet elliklar bo’limiga topshiriladi.

Militsiya xodimlari, ushbu chet ellik kishilarni Turkiyaga olib kelgan kishi yoki kishilarni qo’lga tushirish uchun amaliyot boshlatdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar