Liviyada Turk kemasiga qarshi hujum uyushtirildi.

Liviyada bir Turk shirkatiga oid “ Tuma- 1” nomli yuk kemasiga ham quruqlikdan hamda havodan hujum uyushtirilishi natijasida, bir nafar Turk kapitan halok bo’ldi.

270302

Kema, Tobruk portiga borar ekan, Tobrukning taxminan 13 mil masofasida, xalqaro suvlarda quruqlikdan to’p bilan mo’ljal qilib olindi.
Shu bois mintaqadan uzoqlashishga harakat qilgan kemaga ikki alohida hujum yana uyushtirildi.
Hujum oqibatida ekipajdan yaralanganlar mavjud, kemaga ham moddiy ziyon yetkazildi.
Kemada 8 nafari Turk, 6 nafari Gruziyalik va bir nafari Ozarbayjon yurtdoshi bo’lib jami 15 nafar ekipaj mavjud edi.
Tashqi ishlar vazirligidan mavzu bilan tegishli qilingan izohda,
“ Xalqaro suvlarda noharbiy bir kemaga qarshi uyushtirilgan ushbu pastkash hujumni shiddat bilan qoralaymiz va hujumni amalga oshirganlarni la’natlaymiz” deyildi.
Qilingan izohda, mavzu bilan tegishli javobgarlarni jazolantirish uchun faoliyatga o’tganlarini bildirdi.

Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar