Prezident Erdog'an TİKA loyihasini baholadi

TİKA Turkiyaninig yordamini 100 dan ziyod davlatga yetkazdi.

265761
Prezident Erdog'an TİKA loyihasini baholadi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkiyaning hamkorlik va taraqqiyot agentligi (TİKA) timsolining dunyoning besh qit’asida odamlarning umidiga aylanganligini ta’kidladi.

Erdog’an Turkiyaning yordam qo’lini 100dan ziyod davlatga yetkazgan TİKAning Mo’g’uliston, Pokiston, Qirg’iziston, Falastin va Myanmadagi yangi loyihalari uchun poytaxt Anqarada uyushtirilgan ochilish marosimida so’zga chiqdi.

Prezident TİKA rahbariyati bilan xodimlariga minnatdorchilik bildirib, “Yordam qo’limizning qayerlarga yetib borganligini ko’rish uchun bugungacha yuritgan loyihalarimizni bir chetga qo’yib faqatgina bugun boshlatilgan loyihalar amalga oshiriladigan davlatlarga nazar tashlaylik.” dedi.

Marosimda TİKA tomonidan 11 kilometrlik Mo’g’oliston Bilge Tonyukuk yo’li qurildi. Pokistonda “Rajap Tayyip Erdog’an” nomidagi kasalxona, Qirg’izistonda non fabrikasi, Falastinda qizlarga atalgan maxsus Reshadiye nomidagi litsey va Myanmadagi Turk shahidligi xizmatga ochildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar