Turkiya Bolgariya Parlamentining qaroridan norozi...

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi:"Bolgariya Parlamentida qabul qilingan 1915 yil voqealariga doir qaror Turkiyaga nisbatan dushmanlikdir"

250449
Turkiya Bolgariya Parlamentining qaroridan norozi...

Turkiya Bolgariya Parlamentida 1915 yil voqealariga doir qabul qilingan qarorni qoraladi.
Turkiya Tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotida, “Bolgariyada ashaddiy millatchi, chet el dushmani, irqchi ATAKA partiyasining tashabbusi bilan Bolgariya Parlamentida qabul qilingan 1915 yil voqealariga doir qaror Turkiyaga nisbatan do’stona bo’lmagan munosabatni namoyon qildi. Turkiya o’z tarixiga nisbatan qilingan bunday tuxmatni aslo qabul qilmaydi”-degan ifodalarga o’rin berildi.
Qolaversa, qo’shni davlat Bolgariya Parlamenti o’z tarkibidagi ashaddiy millatchilarning asiriga aylangani ma’lum qilinib, “Ushbu qaror Turkiya bilan Bolgariya o’rtasidagi munosabatlarda chuqur iz qoldirishi oshikordir”-deya ta’kidlandi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar