Prezident Rajap Tayyip Erdog'an: "Ayblovlar, asossizdir".

Prezident Erdog'an, Tinchlik sammitida so'zga chiqib, armanlar haqidagi iddiolarga to'xtaldi.

247820
Prezident Rajap Tayyip Erdog'an: "Ayblovlar, asossizdir".

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkiyaning 1915-yilgi voqelarni kun yuzasiga chiqarish uchun harbiy arxivlarni ham ochishga tayyor ekanligini aytdi.

Prezident Erdog’an, Chanoqqal’a urushining 100-yilligi munosabati bilan Istanbul Kongres markazida uyushtirilgan Tinchlik sammitida Birinchi jahon urushining yashirin shaklda davom etganligini belgilab, huzur va tinchlikni o’rnatish uchun xalqaro hamkorlikning shart ekanligini aytdi.

Erdog’an arman diasporasi tomonidan ortaga tashlangan 1915-yilgi voqealar haqidagi iddiolarning hammasining asossiz ekanligini aytar ekan Yevropa İttifoqiga yo’nalib:

-“Qariyb bir million nafar manba borligi haqida har doim aytib kelyabman. Hatto, shuni ham taklif qila olaman. Yani, biz, harbiy arxivlarimizni ham ochishga tayyormiz. Bu mavzuda bizning hech qanday tashvishimiz yo’q. Ajdodimizning zulm yetkazmaganligiga ishonchimiz komildir” dedi.

Bu haqidagi so’zlarining davomini bugun uyushtiriladigan Chanoqqal’adagi yodga olish marosimida davom ettirajagini eslatgan Janob Prezident azob va uqubatlarni yorishtirishning hech kimga foyda bermasligini ham qo’shimchaladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar