Turkiya aholisining 29.4 foizi bolalardan iborat

Turkiya Statistika tashkiloti (TUİK), 2014-yil holatiga ko’ra bolalar to’g’risidagi hisobatni e’lon qildi.

245801
Turkiya aholisining 29.4 foizi bolalardan iborat

Turkiya bolalar aholisi soni 2014-yilning oxiridan e’tiboran 22 million 838 ming 482 nafar olaroq aniqlanar ekan ular mamlakat aholisining 29.4 foizini tashkil etdi.

Ushbu hisobatga ko’ra Turkiya aholisi soni o’tgan yili 77 million 695 ming 904 nafarni tashkil etar ekan ulardan 22 million 838 ming 482 nafari esa bolalardan iboratdir.

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko’ra 0-17 yosh orasidagi bolalar soni 1935-yili jami aholining 45 foizini tashkil etar ekan 2014-yili jami aholining 29.4 foizini tashkil etdi.

Bolalar aholisi soni viloyatlarga ko’ra hisoblanganida 2014-yili, eng ko’p bolalar aholisiga ega bo’lgan viloyatlar 47.8 foiz bilan Shirnak va Shanliurfa bo’ldi.

Eng oz bolalar aholisiga ega bo’lgan viloyatlar esa 18 foiz bilan Tunjeli, 19.3 foiz bilan Edirne, 19.6 foiz bilan esa Chanoqqal’a olaroq belgilandi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar